Xunan provinsiyasi Çjantszyatsze Milliy parkidagi Grand-Kanon uzra qurilgan dunyodagi eng uzun şişa köprik vaqtinçalik öz işini töxtatdi. Bu haqida China News Service agentligi xabar berdi.
Şişa köprik 20 avgust kuni test rejimida oçilgan edi.
Agentlik ma'lumotlariga köra, 2 sentabrdan e'tiboran köprik vaqtinçalik yopilgan. Xabar qilinişiça, köprik tizimini dasturiy va qurilmaviy jihatdan yaxşilaş maqsadida amalga oşirilgan. Köprikning qaçon mehmonlarni qabul qila olişiga oid ma'lumotlar berilmagan.
Köprikning uzunligi - 430 metr, kengligi - 6 metr, balandligi - 3 metr. Rekordçi köprik 99ta uç qatlamli öta mustahkam şişa panellardan taşkil topgan. Köprik işga tuşgan vaqtida har kuni mahalliy vaqt bilan soat 7:00dan 17:00gaça xizmat qilgan.
Köprikda bir vaqtning özida 600 nafar kişini kötara oladi.
Avvalgi rekord ham xitoy köprigiga tegişli bölgan. 2015 yilning kuzida Şinyuçjay Milliy parkida 180 metr balandlikda 300 metr uzunlikdagi köprik oçilgan. Uning nomi - "Qahramonlar köprigi".












