Kamida 12 kişi Pokiston şimoli-şarqidagi sud binosida röy bergan portlaş oqibatida halok bölgan. Reyter agentligi xabariga köra, bu portlaş tufayli jabrlanganlar soni 52 nafar.

"Biz 12 kişining jasadini aniqladik. Qurbonlar orasida advokatlar, politsiyaçilar va oddiy fuqarolar bor", degan qutqaruv xizmatidagi manba.

Geo TV telekanali xabariga köra, juma kuni tongida Mardan şahridagi sud binosi atrofida 2ta portlaş sodir etilgan. Bir xudkuş terrorçi bino darvozasi oldida, ikkinçisi içkariroqda özini portlatgan.

Ayni vaqtda harbiylar voqea joyini örab olmoqda. Teraktga aloqadorlarni qidiriş işlari ötkazilmoqda.