O‘zbekiston | 16:41 / 02.09.2016
46484
1 daqiqa o‘qiladi

Telekanallarning efirlar jadvalidan reklamalar, teleseriallar va ko‘ngilochar dasturlar olib qo‘yildi

O‘zbekistondagi davlat telekanallari 2 sentabr kunidagi efirlar jadvalini qayta ko‘rib chiqdi.

Bugun soat 9:00da «O‘zbekiston» telekanalidagi «Axborot» axborot dasturining maxsus sonida davlat rahbarining ahvoli to‘g‘risida o‘zbek va rus tillarida hukumat xabari o‘qib eshittirildi. Xuddi shu xabar boshqa kanallarda ham efirga uzatildi.

Kun davomida bu xabar «O‘zbekiston» telekanalida 3 marta takroran efirga berildi.

Shuningdek, kanallar efiridan reklamalar, teleseriallar va ko‘ngilochar tusdagi ko‘rsatuvlar olib qo‘yilgan. Ularning o‘rni O‘zbekiston tarixi va madaniyati, turli sohalarda erishilgan yutuqlar va mustaqillik yillaridagi qayta qurilishlar to‘g‘risida ko‘rsatuvlar bilan almashtirilgan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid