O‘zbekiston | 11:17 / 06.07.2021
3615
2 daqiqa o‘qiladi

Telekanallarda profilaktika tadbirlari sabab uzilishlar kuzatilishi mumkin

6-30 iyul kunlari jadval asosida profilaktika ishlari o‘tkaziladi. To‘xtalishlar kuzatilgan vaqtda abonent uskunasi (tyuner va televizor) sozlamalarini o‘zgartirish tavsiya etilmagan.

Foto: Getty Images

O‘zbekiston Radioaloqa, radioeshittirishlar va televideniye markazi - «RRTM» DUKning profilaktika ishlarini amalga oshirish jadvali e'lon qilindi.

Yarim yillik profilaktika ishlari joriy yilning 6-30 iyul kunlari o‘tkazilishi belgilangan.

Xususan, 14 iyul kuni soat 01:00 dan 06:00 gacha (13 iyuldan 14 iyulga o‘tar kechasi) raqamli teledasturlarni shakllantirish qurilmalarida va soat 01:00 dan 10:00 gacha teleradiouzatkichlarda profilaktika tadbirlari o‘tkaziladi. Ushbu vaqtda Toshkent shahrida va respublika bo‘yicha raqamli teledasturlarni (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining teledasturlaridan tashqari) tarqatish vaqtincha to‘xtatiladi. Bunda Toshkent shahrida va bir qator viloyatlarda O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining teledasturlarini tarqatish to‘xtatilmaydi, lekin ayrim sifat pasayishi holatlari kuzatilishi mumkin.

Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda ham 6-28 iyul kunlari soat 01:00 dan 10:00 gacha davlat, nodavlat, mahalliy va «Uzdigital TV» MChJning tijorat telekanallarini uzatadigan raqamli teleuzatkichlarda ham jadval asosida texnik ishlar amalga oshirilishi belgilangan.

To‘xtalishlar kuzatilgan vaqtda abonent uskunasi (tyuner va televizor) sozlamalarini o‘zgartirish tavsiya etilmagan.

Достон Аҳроров
Tayyorlagan Достон Аҳроров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid