Yaponiya boş vaziri Sindzo Abe RF prezidenti Vladimir Putinni hududiy tortişuvlarga barham beriş hamda rus-yapon munosabatlarining yangi bosqiçini boşlaşga çaqirdi. 

U, Şarqiy Iqtisodiy Forum plenar kengaşida çiqiş qilar ekan, şunday takliflarni bildirdi. 

Yaponiya hukumati rahbari "ikki mamlakat örtasida tinçlik şartnomasini imzolamaslikni nomaqbul" deb hisoblaşini bildirgan. 

"Biz bu yerda – tarix oldidagi mas'uliyatni his qilgan holda bölib turibmiz. Yaponiya hukumati rahbari sifatida Tokio qaraşi töğriligiga işonganimdek, Rossiya rahbari sifatida Kreml nuqta-i nazari haqligiga işonasiz". 

"Agar biz şunday kayfiyatda davom etsak, hududiy munozaralar önlab yillar davom etadi, - degan Abe. – Bu masalani hal etmasak, kelgusi avlodga keng imkoniyat qoldira olmaymiz".

"Vladimir, biz bir avlod vakillarimiz, -davom etgan Abe. – Keling, jasurlik qilib, qiyinçiliklarga barham berib, kelajak avlodga tinçlikni meros qoldiraylik, unda, Rossiya va Yaponiya birgalikda salohiyatini namoyiş etsin. Keling, 70 yildan ortiq davom etayotgan nomaqbul holatga çek qöyamiz va birgalikda yana 70 yil davom etadigan rus-yapon munosabatlarining yangi davrini boşlaymiz".

Rossiya va Yaponiya önlab yillardan beri Tinçlik şartnomasini işlab çiqiş ustida iş olib boradi. Uning imzolanişiga Yaponiyaning Janubiy Kuril orollariga da'vosi qarşilik körsatib kelmoqda. 1956-yilda SSSR va Yaponiya örtasida uruş holatini töxtatiş qöşma deklaratsiya imzolangan edi.