Qirğiziston prezidenti Almazbek Atambayev Özbekiston prezidenti vazifasini vaqtinça Niğmatulla Yöldoşevga Özbekiston rahbari Islom Karimovning vafoti munosabati bilan ta'ziya bildirgan.
"Mustaqil Özbekistonning doimiy yetakçisi, jöşqin siyosatçi, atoqli davlat arbobi Islom Abduğaniyeviç Karimovning vafoti haqidagi xabarni çuqur qayğu bilan qabul qildik", — deyilgan Qirğiziston rahbari saytidagi ta'ziyanomada.
Atambayev Sobiq Ittifoq davridan buyon Islom Karimov özini mohir boşqaruvçi va omilkor taşkilotçi sifatida namoyon etgani, Özbekiston mustaqilligining ilk davrida "mamlakatning xalqaro maydondagi örni mustahkamlanişida muhim vazifalarni bajargani, mamlakat ijtimoiy--iqtisodiy rivojlanişda muvaffaqiyatlarga erişganini" qayd etib ötgan.
"Islom Abduğaniyeviçning qirğiz-özbek hamkorligi örnatilişi va rivojlanişida qöşgan hissasi beqiyosdir. Uning ikki tomonlama va mintaqaviy masalalarni hal etiş böyiça tinimsiz olib borgan sa'y-harakatlari tufayli bu yönalişda ijobiy siljişlar kuzatildi. Bugungi kunda yuzaga kelgan eng jiddiy va qiyin masalalar hal etildi", — degan Atambayev.
Qirğiziston rahbari "Islom Abduğaniyeviç taşabbusi bilan yölga qöyilgan Qirğiziston va Özbekiston döstlik munosabatlari saqlanib qolişi hamda rivojlanişiga" işonç bildirgan.
Atambayev şuningdek Özbekiston rahbari rafiqasi Tatyana Karimovaga, uning farzandlari hamda yaqinlariga hamdardlik bildirib, 23 iyun kuni Toşkentda ötkazilgan ŞHT sammiti vaqtidagi uçraşuvdan iliq xotiralar qolganini qayd etib ötgan.












