Hindiston prezidenti Pranab Kumar Mukerji Özbekiston prezidenti Islom Karimovning vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi.

"Men Özbekiston prezidenti Islom Karimov janobi oliylarining vafoti haqidagi xabardan çuqur qayğuga tuşdim. Men marhumning yaqinlariga, Özbekiston xalqi va hukumatiga çuqur hamdardligimni bildiraman", degan uning Oliy Majlis Senati raisi Niğmatilla Yöldoşevga yöllagan ta'ziyanomasida.

Pranab Kumar Mukerji Islom Karimov Hindistonda katta hurmat-e'tiborga sazovor ekanini qayd etgan. Uning 2011 yilgi Hindistonga taşrifi ikki mamlakat munosabatlari strategik darajaga kötarilganini ta'kidlagan.

"Uning boşqaruvi davrida Özbekiston iqtisodiy va ijtimoiy sohada ulkan rivojlanişlarga erişdi. Islom Karimovning siyosati mamlakat xalqining xavfsizligini ta'minlaşga qaratilgan", deya qöşimça qilgan prezident.