Qozoğiston prezidenti Nursulton Nazarboyev Özbekiston respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Niğmatulla Yöldoşevga mamlakat prezidenti Islom Karimovning vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirib, telegramma yöllagan.

Telegrammada Nazarboyev bu xabardan çuqur qayğuda ekanini bildirgan. 

"Qozoğistonliklar özbekistonlik birodarlari bilan bu bevaqt dardni baham köradi. Men qariyb 30 yil yonma-yon işlaganim döstimni yöqotganimdan qattiq qayğudaman", — deyilgan telegrammada.

Nursulton Nazarboyev Özbekiston iqtisodiy salohiyatini rivojlantirişga, uning jahon miqyosidagi nufuzini oşirişga, jamiyat farovonligini oşirişga yordam bergan keng miqyosli özgarişlarning amalga oşirilişi Islom Karimov nomi bilan boğliqligini alohida qayd qilib ötdi.

"U butun umrini öz xalqiga xizmat qilişga bağişladi va hamişa Qozoğistonning sodiq dösti bölib qoldi. U xalqlarimiz örtasidagi döstlikni mustahkamlaşga katta hissa qöşdi. Uning yorqin xotirasi barçamizning qalbimizda abadiy qolajak", — deyilgan telegrammada.

Qozoğiston rahbari Islom Karimovning oilasi va yaqinlariga, şuningdek Özbekiston xalqi va hukumatiga çuqur hamdardlik izhor etgan.