Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiyaning AQŞ Demokratik partiyasi serverlariga uyuştirilgan xakerlar xurujiga öz qaraşini bildirdi. Uning sözlariga köra, rasmiy Moskvaning xakerlar işiga umuman aloqasi yöqdir.
Putin, Amerika hukumatining xakerlik xurujlarida Rossiyani ayblaşiga oid da'vosini jamoatçilikning e'tiborini asosiy mavzudan çalğitiş deb baholadi.
"Mening bundan umuman xabarim yöq. Rossiya esa, davlat darajasida bu iş bilan şuğullanmaydi", — deb bayonot bergan Rossiya yetakçisi Blumberg agentligiga bergan intervyusida.
"Rossiya hukumatining bu hodisa bilan umuman aloqasi yöq", — deb uqdirgan Putin.
Prezident şuningdek, Rossiya partiya maxfiy ma'lumotlarini e'lon qiliş bilan AQŞdagi prezidentlik sayloviga ta'sir körsatmoqçi bölayotgani töğrisidagi ayblovni rad etdi.
"Buning uçun Qöşma Ştatlar içki siyosiy hayotidagi öziga xosliklarni juda yaxşi biliş lozim. Bizning taşqi işlar vazirligidagi mutaxassislarimiz ham u darajada bilişiga işonmayman", — degan Putin.
Amerika siyosatçilarining fikriça, Rossiya Amerika prezidentlik saylovida Klinton xonimning raqibi, respublikaçi Donald Tramp uçun xizmat qilişi mumkin.












