Xitoyda 4 sentabr kuni "Innovatsion, soğlom, izçil va inklyuziv dunyo iqtisodiyotini quriş" mavzusida G20 sammiti iş boşladi.
XXR hukumatining ma'lum qilişiça, mamlakat raisligida ötayotgan sammitning ustuvor vazifalari - butun dunyoda iqtisodiy rivojlaniş uçun yangi imkoniyatlarni izlaş, jahon iqtisodiyoti va moliyaviy vositalarni yanada samarali boşqariş, davlatlararo savdo va sarmoya maydonlarini rağbatlantiriş, inklyuziv va izçil taraqqiyotni yölga qöyiş.
G20 (20 davlat guruhi) - mamlakatlararo iqtisodiy va moliyaviy hamkorlik masalalarini muhokama qilişga bağişlangan anjuman. G20 tarkibiga Avstraliya, Argentina, Braziliya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Hindiston, Indoneziya, Italiya, Kanada, Xitoy, Meksika, Rossiya, Saudiya Arabistoni, AQŞ, Turkiya, Fransiya, Janubiy Koreya, JAR, Yaponiya va Yevropa Ittifoqi kiradi. Bundan taşqari G20 uçraşuvlarida odatda turli xalqaro taşkilotlar, jumladan Moliyaviy barqarorlik kengaşi, Xalqaro valyuta fondi, Jahon savdo taşkiloti, Birlaşgan Millatlar Taşkiloti va Jahon banki vakillari ham iştirok etadi.
G20 davlatlarining yalpi içki mahsuloti dunyo YaIMning 85 foizini taşkil etadi.
2013 yilda G20'da Rossiya raislik qilgan, undan keyin esa - Avstraliya, ötgan yili "20 davlat guruhi"ni Turkiya qabul qildi.
Sammit 5 sentabr kuni öz işini tamomlaydi.












