2 sentabr kuni Makka vaqti bilan soat 21:00da işçi guruh ştabida işçi guruh a'zolari va guruh rahbarlari iştirokida yiğiliş bölib ötdi. Unda muhtaram prezidentimiz rahnamoligida diniy sohada amalga oşirilgan buyuk işlar va ulkan yutuqlar haqida töxtalib ötildi va yurtboşimizning oila a'zolari, yaqinlari va butun xalqimizga ta'ziya izhor qilindi va samimiy hamdardlik bildirib ötildi.

Hozirda Makka va Madina şaharlarida bölib turgan hojilar uşbu oğir musibatni çuqur qayğu bilan qabul qildilar.

Muhtaram yurtboşimizning vafotlari munosabati bilan 3 sentabr kuni peşin namozidan söng «ğoib» janoza namozi öqildi. Unda yurtdoşlarimiz muhtaram prezidentimiz oxiratlari obod bölişi, joylari jannat boğlaridan bir boğ bölişini Alloh taolodan sörab, duo-yu iltijolar qildilar. Özaro bir-birlariga sabr-toqat bildirdilar. Şuningdek, hojilarimiz muhtaram yurtboşimiz haqlariga xatmi Qur'onlar öqidilar va Umra amallarini Masjidul Haramda ado etib, savobini muhtaram prezidentimiz ruhoniyatlariga bağişladilar va haqlariga duo-yu fotihalar qildilar.