Gavayi orollaridagi Bishop Museum muzeyi olimlari Tinç okeanidagi Papaxanaumokuakea dengiz qöriqxonasining kengaytirilişi uçun AQŞ prezidenti Barak Obamaga antiqa yöl bilan minnatdorçilik bildirdilar.

Olimlar Tinç okeanida topilgan yangi baliq turini Obama şarafiga ataşdi. 

Baliqlar Gavayi orollarining şimoliy qismidagi Kure marjonqoyalarida aniqlandi. Gap tilla-puşti rang baliqlar haqida ketmoqda.

Obamaning özi bu unga katta şaraf ekanligini aytgan. 

Papaxanaumokuakea qöriqxonasi dunyodagi eng katta tabiat qöriqhonasiga aylanişi mumkin. Uning hududi 1,5 mln kvadrat kilometrin taşkil qiladi.