Xitoyning Xançjou şahrini (Şarqiy Xitoydagi, Çjetszyan viloyati ma'muriy markazi) G20 sammiti boşlanişi arafasida şahar aholisining 2 millionga yaqini tark etgan va mamlakatning boşqa şaharlariga yöl olgan yoki safarlarga jönab ketgan. Bu ma'lumot Ctrip kompaniyasi (Xitoydagi yirik turoperatori) tomonidan keltirilgan.

Sayyohlarning 67 foizga yaqini içki yönalişlarni tanlagan. Köpçilik şahar yaqinidagi hududlarga yöl oldi. Eng ommabop sayyohlik markazlari quyidagilar böldi: Sanya, Kunmin, Syamen, Litszyan, Guyyan, Çanşa va Guylin şaharlari, Xuanşan (Anxoy viloyati), Tszyuçjaygou (Siçuan viloyati) va Çanbayşan (Tszilin viloyati) kabi toğlar.

Xançjou şahri hukumati sammit vaqtida qator çeklovlarni joriy etgan. Xavfsizlik nuqtai nazaridan alohida hududlarga faqat maxsus guvohnomaga ega bölgan kişilar tekşiruvdan ötkazilgandan keyingina qöyilmoqda.

"Şu tufayli şahar aholisining katta qismi sammit ötguniça şahardan taşqariga çiqib turişga qaror qilgan", deyiladi Sinxua agentligi xabarida.

Eslatib ötamiz, G20 ("katta yigirmalik") – jahonning iqtisodiy va moliyaviy masalalari muhokama qilinadigan eng katta muzokaralar maydoni bölib, jahonning eng iqtisodiy rivojlangan 20 mamlakatini öz içiga qamrab olgan. Uşbu 20 mamlakat hisobiga dunyo YaIMining 85 foizi töğri keladi. 2013 yilda G20 sammitiga Rossiya raislik qilgan edi. 2014 yilda – Avstraliya, 2015 yilda esa – Turkiya.