Jahon | 14:14 / 05.09.2016
8298
1 daqiqa o‘qiladi

G20 yuanning SDR savatchasiga qo‘shilishini olqishladi

© RIA Novosti

Yirik davlatlardan iborat "yigirma"lik guruhi (G20) Xitoy milliy valyutasining SDR valyutalari savatiga qo‘shilganini olqishlaydi, deyiladi sammit yakuniga bag‘ishlangan kommyunike loyihasida. 

"XVJ qaroriga muvofiq, 1 oktabrdan e'tiboran yuanning Qarz olish maxsus huquqi (SDR) savatchasiga qo‘shilishini olqishlaymiz ", — deya hujjat matnidan iqtibos keltiradi RIA Novosti. 

SDR xalqaro zaxira aktivi bo‘lib, 1969 yilda XVJ tomonidan tashkil etilgan. Bu, a'zo mamlakatlar rasmiy zaxiralariga qo‘shimcha ravishda amaliyotga kiritilgan. SDR qiymati bugungi kunda to‘rtta asosiy valyuta: dollar, yevro, yapon iyenasi va  funt sterlingga asoslangan. O‘tgan yilning noyabr oyida XVJ xitoy yuanini SDR savatiga qo‘shish bo‘yicha qaror qabul qilgan edi.

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid