4 sentabrda Hindiston şimolidagi Jammu va Kaşmir ştatida namoyişçilarning politsiya bilan töqnaşuvi oqibatida deyarli 250 kişi jarohat oldi. Bu yerda 2 oydan beri ommaviy tartibsizliklar davom etmoqda. Bu haqda Tribune gazetasi saytida ma'lum qilindi.
Naşr ma'lumotlariga köra, eng aşaddiy töqnaşuvlar Anantnag va Şopian okruglarida yuz bergan, bu yerda yoşlar politsiya bölimlari va mahalliy hukumat binolariga toş uloqtira boşlaganlar. Politsiya bunga javoban metall şarçalar bilan otuvçi pnevmatik qurollardan öq uzgan. 100 dan ortiq odam oğir jarohatlar bilan şifoxonaga yetkazilgan.
Bundan avvalroq Anantnag okrugidagi tartibsizliklar oqibatida politsiya tomonidan otilgan şarça bir ösmir boşiga tegib, uning halok bölişiga olib kelgan. Bu oxirgi 2 oy içida tartibsizliklardan halok bölgan 74-qurbon böldi. Yakşanbadagi tartibsizliklar ösmirning ölimiga javoban sodir bölgan.











