Mercedes jamoasi bilan «Formula-1» poygalarida iştirok etadigan germaniyalik poygaçi Niko Rosberg Monts şahrida ötkazilgan musobaqa doirasidagi Italiya Gran-Prisi ğolibiga aylandi.

Bu Rosbergning mavsumdagi oltinçi ğalabasi böldi. Amaldagi jahon çempioni, Rosbergning jamoadoşi Lyuis Hemilton ham joriy 2016 yilgi mavsumda 6ta turnirda boş mukofot sohibiga aylangan edi.

Hemilton Italiya Gran-Prisida ikkinçi örinni egalladi. Ferrari jamoasi a'zosi Sebastyan Fettel esa uçinçi örinni band etdi.

3 sentabr kuni ötkazilgan kvalifikatsiya bahslarida Hemilton Rosbergdan oldinroq, Fettel esa uçinçi bölib kelgandi.

Rosberg bundan oldin ötkazilgan Belgiya Gran-prisida ham ğolib çiqqandi.

Hemilton şaxsiy hisob böyiça umumiy reytingda 250 oçko töplagan holda birinçi, Rosberg ikki oçko olgan holda ikkinçi. Uçinçi örinda 161 oçko bilan Daniel Rikkardo (Red Bull) egallagan.

Formula-1. Italiya Gran-prisi
1. Niko Rosberg (Mercedes AMG F1) - 53 aylana
2. Lyuis Xemilton (Mercedes AMG F1) +15.070
3. Sebastyan Fettel (Scuderia Ferrari) +20.990
4. Kimi Raykkonen (Scuderia Ferrari) +27.561
5. Daniel Rikkardo (Red Bull Racing) +45.295
6. Valtteri Bottas (Williams) +51.015
7. Maks Ferstappen (Red Bull Racing) +54.236
8. Serxio Peres (Force India) +1:03.711
9. Felipe Massa (Williams) +1:06.020
10. Niko Xyulkenberg (Force India) +1:18.423
11. Romen Grojan (Haas) +1 aylana
12. Jyenson Batton (McLaren) +1 aylana
13. Esteban Gutrres (Haas) +1 aylana
14. Fernando Alonso (McLaren) +1 aylana
15. Karlos Sayns (Scuderia Toro Rosso) +1 aylana
16. Markus Eriksson (Sauber) +1 aylana
17. Kevin Magnussen (Renault Sport F1) +1 aylana
18. Esteban Okon (Manor) +2 aylana
19. Daniil Kvyat (Scuderia Toro Rosso) - DNF