Jurnalist Oleg Kaşin Feysbukdagi sahifasida «Rossiya 24» telekanalida namoyiş etilgan yangilikdan bir parçani namoyiş etdi. U, Rossiya mudofaa vaziri Sergey Şoyguning 2016 yil martida harbiy desant qöşinlari Ryazan harbiy bilim yurtiga taşrifiga oid xabardan olingan. 

Bilim yurti hududida çuqur basseyn qurilişi bilan tanişgan mudofaa vaziri Şoygu, jangovar ğavvoslar uçun işlab çiqarilgan maxsus kiyimlarni keskin ohangda tanqid qilgan:

«Bu ...dan kompozitmi? Sen özing sinab kör. Qanaqasiga kompozitli material? Biz sizlarga şuning uçun pul tölayapmizmi?», — degan mudofaa vaziri, işlab çiqaruvçiga ğavvoslarning uskunalarini yengillaştirişni maslahat bergan.