AQŞ davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo masalalari böyiça yordamçisi örinbosari Daniel Rozenblyum Özbekistonga keldi. Bu haqda Özbekiston TIV sayti xabar bergan.
Amerikalik diplomat AQŞ prezidenti Barak Obamaning Özbekiston respublikasi prezidenti Islom Karimov vafoti munosabati bilan Amerika Qöşma Ştatlari nomidan hamdardlik izhor etib, Özbekiston ahliga dalda bildirgan maktubi matnini taqdim etdi.
Suhbat davomida ikki tomonlama munosabatlarning ba'zi masalalari muhokama qilindi.
Uçraşuvda AQŞ elçisi Pamela Spratlen iştirok etdi.












