Amerikalik komik Baddi Bolton özining YouTube-kanalida yangi video taqdim etdi. Videotasmada u selfi tayoqçalari yordamida özini suratga olayotgan sayyohlarning oldiga yugurib borib, gadjyetlarni tok qayçi bilan kesib taşlaydi. 

Tört kun içida 370 mingdan ortiq foydalanuvçi tomoşa qilgan rolikda Boltonning kutilmagan "hujum"iga sayyohlarning turliça munosabatda bölişini köriş mumkin - kimdir ketidan quvadi, kimdir esa lol qolgança turaveradi, yana kimdir qoçib qolişga ulgurmagan operatorga noroziligini izhor qiladi. 

Rolikka nisbatan "yoqdi" tugmasini bosganlarga nisbatan "yoqmadi"ni bosganlar köpçilikni taşkil qiladi.

Boltonning sözlariga köra, u va döstlari heç kimni xafa qilişni istaşmagan. Ular şunçaki selfi tayoqçalarini zararli ijtimoiy odat, deb hisoblaşadi va bunday insonlarning taşqaridan juda ahmoqona körinişini ta'kidlaşadi.