4-5 sentabr kunlari Xitoyning Hangjou şahrida dunyoning yigirmata eng yirik davlatini jamlovçi G20 sammiti bölib ötgani haqida xabar qilingan edi. Şu munosabat bilan, Xitoyning tez sur'atlarda rivojlanib borayotgan va turli ma'lumotlarga köra, 8-15 million kişi istqomat qiluvçi şahri anjuman kunlarida deyarli kimsasiz bölib qoldi, deyiş mumkin.

Köplab dökonlar va oşxonalar yopilgan, odatda tirband bölgan köçalarda onda sonda maşina va mopedlar kuzatilgani jurnalistlar va blogerlar e'tiborini tortgan.
Buning sababi, mahalliy hukumat vakillarining sammit iştirokçilari xavfsizligini ta'minlaş maqsadida qator çoralarni körganidir. Şaharning köpgina fuqarolari haq tölanadigan ta'tillar va yoki 500 yuanlik sayyohlik vauçerlaridan foydalanib, şaharni tark etgan.

Biroq, şaharning barça aholisi çiqib ketdi deyiş notöğri bölur edi. Ayrimlari, şahar köçalarining noodatiy kimsasizligini suratlarga tuşirib, ijtimoiy tarmoqlarga joylaştirgan.





















