Filippin prezidenti Rodrigo Duterte AQŞ prezidenti Barak Obamaga qarata bildirgan fikrlari uçun afsusdaligini ma'lum qildi. Bu haqda Frans Press agentligi xabar tarqatdi.
"Bu vaziyat matbuotning ba'zi savollariga qaytargan javoblarim natijasida yuzaga keldi... Biz bu izohlar AQŞ prezidentiga töğridan-töğri hujum sifatida köringanidan afsusdamiz", deya Dutertening sözlarini keltiradi agentlik.
Duterte AQŞ rahbarini "fohişaning öğli" deb atagandi. Bunga amerikalik siyosatçi Duterte saylanganidan keyin ötgan vaqt içida 2 mingdan ortiq kişi hukumat harbiylari va politsiya qölida halok bölganiga e'tibor qaratib ötgani sabab böldi.
Şuningdek, Obama Xitoydagi "Katta yigirmatalik" sammiti vaqtida rasmiy Vaşington mamlakatdagi giyohvandlik savdosi hamda jinoyatçilik Filippinga katta xavf solayotgani haqida gapirib ötgan.
Filippin prezidentining çiqişidan keyin Oq uy Laosdagi Şarqiy Osiyo sammiti doirasida Obama va Duterte uçraşuvini bekor qildi.

















