Öta arzon Ford Ka modelidan juda qimmat Ferrari LaFerrari Aperta avtomobiligaça. Ha, Parij avtokörgazmasi aynan avtomobil muxlislari uçun haqiqiy bayram bölişi kutilayapti. 

Bir neça haftadan söng, Fransiya poytaxtida Xalqaro Parij avtosaloni öz işini boşlaydi. Bu körgazma Frankfurt avtosaloni bilan almaşib, har ikki yilda bir marta taşkil etiladi. Ikkala avtoşou ham avtomobil olamida Yevropa avtosanoatining taraqqiyotini namoyiş etuvçi yirik hodisa hisoblanadi. Biroq, Fransiyadagi tomoşaga taşrif buyuruvçilar soni odatdagidek köpçilikni taşkil etadi. Ikki yil muqaddam, Parij avtokörgazmasiga kelganlar soni 1,25 mln kişiga yaqinlaşgan. Bu esa, barça xalqaro motorşoulardagi mutlaq rekorddir. Quyida, Parijda namoyiş etilişi kutilayotgan yorqin taqdimot marosimlari xususida töxtalamiz. 

BMW X2

BMW egallagan burçakda eng qiziqarlisi har holda kupe şaklidagi X2 krossoveri namoyişi bölsa ehtimol. Aytiş joizki, hammasi X5 modelidan boşlangan edi. Bavariyaliklar uşbu avtomobil kuzovini keskin özgartirişdi. Keyinçalik, xuddi şu uslubda X3dan X4 işlab çiqildi. Şundan beri nemislar özlarini töxtata olmayapti. Uşbu yönalişdagi eng kiçik krossover X1 işlab çiqildi. Uning negizida X2 krossoveri paydo böldi. Umuman, BMW old ğildiraklari yetakçi maşinalar yönalişida yangi natijalarni qölga kiritişda davom etmoqda. 

Skoda Kodiaq

Çexiyaning avtomobilsozlik kompaniyasi, aytiş mumkinki, yangi modeli Kodiaq atrofidagi şov-şuvlarni sun'iy ravişda kuçaytiriş vositasida krossoverlar işlab çiqariş yönalişiga kirib keldi. Dastlab, çexlar avtomobilning turli qismlariga oid suratlarni e'lon qilişdi, söngra niqoblangan prototip namoyiş etildi. Aniq ma'lumot bölmagani sabab hamma öz taxminini ilgari surdi. Biroq, Parijdagi taqdimot marosimidan avvalroq, uning sirligi qolmadi: Kodiaq ölçamlariga köra, Honda CR-V va Mazda CX-5 krossoverlariga mos keladi. 

Audi Q5

Örta ölçamli krossover Audi Q5 şundoğam dunyo böylab donği ketgan avtomobillardan biri. Uni işlab çiqariş boşlangan 2008 yildan beri bu modeldan 1,6 mln dona sotilgan. Endi uning ikkinçi avlodiga navbat keldi. U, folksvagenning MLB modeli platformasida barpo etiladi. Yangi maşina qurilmalarning ixçam joylaşuvi hamda pişiq pölatlardan foydalanilgani tufayli 100kgga yengillaşgan. Ayni şu maşinada Audi kompaniyasi muhandislarining Porsche firmasidagi hamkasblari bilan birgalikda işlab çiqqan V6 va V8 motorlari sinab köriladi. Yangi avlod Audi Q5ning avvalgisidan tom ma'nodagi farqi uning lazerli çiroqlarida bölişi şubhasiz.