Rossiya prezidenti Vladimir Putin Samarqandga taşrifi vaqtida Özbekistonning birinçi prezidenti Islom Karimovning bevasi Tatyana Karimova hamda kiçik qizi Lola Karimova-Tillayevaga şaxsan hamdardlik bildirdi.

Putin Özbekiston boş vaziri Şavkat Mirziyoyev bilan birgalikda Islom Karimovni xotirladi. U marhumning qabri oldida tiz çökkan holda qizil atirgullarni qabr ustiga qöydi.

2 sentabr kuni keçqurun mamlakatning birinçi prezidenti Islom Karimov vafot etgandi. Marhum 3 sentabr, şanba kuni, öz vasiyatiga köra, Samarqanddagi Şohi-Zinda majmuasidagi Hazrati Hizr qabristonida musulmon urf-odatlariga köra dafn etildi.

Dafn marosimini taşkillaştiriş böyiça komissiyaga Özbekiston Boş vaziri Şavkat Mirziyoyev rahbarlik qildi.

3 sentabrdan boşlab Özbekistonda 3 kunlik motam e'lon qilindi.

Mamlakat konstitutsiyasiga muvofiq, prezident saylovlari boşlanguniga qadar Senat raisi Niğmatulla Yöldoşev Özbekiston prezidenti vazifasini bajarişga kirişadi.

Prezidentlik saylovi dekabr oyining birinçi qismida ötkazilişi kutilmoqda.