Hayotdan olingan ba'zi hikoyalarni öqiganimizda, ularni qandaydir risola deb öylab qolamiz. Quyida öqiydigan hikoyangizda gap bir juftlikning oila va muhabbatga bölgan qaraşini özgartirgan töy sovğasi haqida boradi.

"Keçki payt Brendon bilan bölğusi töy egalariga nima sovğa qilişni muhokama qilib ötirgandik. Şunda biz özimizning 9 yil avvalgi  töy sovğalarimizni xotirladik. Birdan hali-hanuz oçilmay turgan sovğa bizga eng yoqqan hadya bölgani yodimizga tuşdi. Bu ğalati eşitilişi mumkin, lekin bu haqiqatda şunday!"

Eng noodatiy sovğa Elison xola sovğa qilgan oq konvert edi - uning ustiga "Birinçi janjalgaça oçilmasin!", deb yozilgandi.

Albatta, bu yillar içida biz janjallaşdik, hattoki ajrim haqida öylagan damlarimiz ham böldi, biroq konvertni oçmagandik. Har birimiz uni oçişdan ongli ravişda qoçardik, çunki uni oçsak, bu mağlubiyatni tan olganimizni anglatar edi. Şu tariqa munosabatlarimizni sinovdan ötkazib yaşayverdik. 

Ongimizning tub-tubida konvertda oilaviy riştalarni qutqaruvçi "kalit" borligini sezib turardik, axir Elison xolam öz turmuş örtoği bilan deyarli yarim asr ahil yaşadi (bevalikka qadar). 

Mana, bugun konvertni oçişga qaror qildik. Uning içida ikkimizning ismimiz yozilgan 2 kiçik konvertça bor edi.

Konvertçalarni oçganimizda, içida ikkimizga atalgan pul va xat kördik. 

"Keti, pitssa yoki biror bir özingiz yoqtirgan yegulikni sotib ol. Mehr ila Elison xolang".

"Brendon, gul va vino xarid qil. Mehr ila Elison xolang".

Biz bu konvert turmuşimizni saqlab qolsa kerak, deb öylardik - qaysidir ma'noda şunday ham bölib çiqdi. Elison xolaga hayotimizdagi eng yaxşi sovğa uçun minnatdor böldik. Bu sovğa 9 yil javonda saqlandi. Şu yillar mobaynida biz sabrli böliş va bir-birimizni tuşunişni örgandik, bir oila va jamoa böldik. Biz muhabbatni saqlab qoluvçi heç qanday qurol yöqligini anglab yetdik. Ibratli turmuşning kaliti konvertda emas, özimizda ekanligini tuşundik.