AQŞ hukumati şu yilning yanvar oyida Eronga, amalga oşmay qolgan harbiy bitim uçun tovon sifatida 1,7 mlrd dollar naqd pul tölagan, mablağlarning bari xorijiy valyutada amalga oşirilgan, deya xabar qilmoqda Assoşieyted Press agentligi.

AQŞ moliya vazirligida izoh berişlariça, buning sababi "Amerika va xalqaro sanksiyalar" bölib, Eron xalqaro bank tizimidan uzilib qolganidir. 

Mazkur tölov puli 1970 yillar oxirida amalga oşişi lozim bölgan, biroq bekor qilingan bitimga tovon sifatida berilgan. Tehron qurol-yaroğlar uçun pulni tölagan, ammo öşa vaqtda Vaşington pulni olgaç, Eronda yuz bergan inqilob tufayli qurollarni yetkazib bermagan edi.

Şu yilning 17 yanvarida bitimning 400 million dollar miqdoridagi mablaği Eronga topşirilgan, şu kuni Vaşington va Tehron özaro mahbuslarni ayirboşlagan. Birmunça muddat, Oq uy ma'muriyati bu faktni tan olmay keldi. Biroq, keyinçalik öz fuqarolari Eronni tark etmagunça tovon pulini tölaganini tan oldi. Şunday 19 yanvarda qolgan summa - 1,3 milliard dollar (Eronga tölagan pul foizlari) ham Eronga tölangan.