2016 yilning 7 sentabr kuni Özbekiston respublikasi Taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov Yaponiyaning yangi tayinlangan favqulodda va muxtor elçisi Nobuaki Itoni qabul qildi. Bu haqda Özbekiston TIV matbuot xizmati xabar berdi.
Elçi işonç yorliqlari nusxalarini topşirdi.
Nobuaki Ito Yaponiya rahbariyati nomidan Özbekiston Hukumati va xalqiga Özbekiston Respublikasining Birinçi Prezidenti Islom Karimovning vafoti munosabati bilan çuqur ta'ziya izhor etdi.
Vazir hamdardlik va dalda sözlari hamda Toşkent va Samarqand şaharlarida bölib ötgan motam marosimlarida Yaponiya Hukumati delegatsiyasining iştiroki uçun elçiga minnatdorçilik bildirdi.
Muloqot davomida Özbekiston—Yaponiya hamkorligini yanada rivojlantirişning amaliy jihatlari ham muhokama qilindi.











