Babayan: “Biz bugun yurakdan o‘ynadik. Boshqacha bo‘lishi mumkin emasdi”

O‘zbekiston milliy terma jamoasining JCh-2018 saralashi doirasida Qatarga qarshi safarda kechgan va 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan o‘yinidan so‘ng matbuot anjumani o‘tkazildi.
Unda ishtirok etgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan o‘yin borasidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Barchaga xayrli kech. Mamlakatimiz og‘ir judolikka yuz tutdi. Butun xalqimiz hozirda motamda. Biz bugun yurakdan o‘ynadik. Boshqacha bo‘lishi mumkin ham emasdi.
O‘yindan avval o‘tkazilgan matbuot anjumanida aytib o‘tganimdek, biz Qatar terma jamoasini juda yaxshi o‘rganib chiqqandik va og‘ir o‘yin bo‘lishini bilgan holda, unga tayyor edik. Bu yerdagi ob-havo sharoiti qanday ekanini ham bilar edik. Shuning uchun bizga kutilmagan voqelik yuz bergani yo‘q.
Bugun tartibli o‘yin namoyish qildik. Raqib ham juda tartibli himoyalanganini aytishim mumkin. Bugungi – taktik o‘yin bo‘ldi. O‘yinning ikkinchi qismida yaxshiroq harakat qila boshlaganimiz bejizga emas, biz buni rejalashtirgandik. Buning uchun bizda yaxshi zahira ham bor edi. O‘yin yakunida bizning jamoa yaratuvchanlik borasida kuchliroq bo‘ldi va gol ham shuning mahsuli edi. Vazifa g‘alaba qozonish edi va u bajarildi.
Biz guruh peshqadamiga aylandik. Bizning falsafamiz – navbatdagi har o‘yin eng muhimi. Har doim oldinda turgan o‘yinga e'tibor qaratamiz va faqat shu haqida o‘ylaymiz. O‘ylaymanki, mana shunday munosabat bilan biz Jahon chempionati orzusini ro‘yobga chiqara olamiz”, deydi O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi.
Qayd etish kerakki, Samvel Babayan terma jamoa bilan 13 o‘yinda 12-g‘alabasini nishonladi.
Bu ko‘rsatkich bo‘yicha u terma jamoa bosh murabbiylari orasida yaqqol peshqadam bo‘lib turibdi. Undan keyingi o‘rinda 7 o‘yinda 6 g‘alaba qozongan Mahmud Rahimov (bevaqt o‘limi tufayli terma jamoani boshqara olmagan) va 18 o‘yinda 13 g‘alaba qozongan Rustam Akramov bormoqda.
So‘nggi yangiliklar
-
Shvetsiyada tuxumni qizining peshonasiga urib chaqqan ayol jarimaga tortildi
Jahon | 00:42
-
Londonda Rossiya josuslik tarmog‘i rahbari 10 yilga qamaldi
Jahon | 00:11
-
Andijonda 30 ming dollar bilan qo‘lga tushgan sudya ishi bo‘yicha ma’lumot berildi
O‘zbekiston | 23:27 / 12.05.2025
-
Rossiyaning Ukrainadagi sobiq qo‘mondoni Jazoirda ko‘rinish berdi. U Prigojin isyonidan keyin «yo‘qolib qolgandi»
Jahon | 23:02 / 12.05.2025
Mavzuga oid

11:30 / 12.05.2025
Tramp ma’muriyati Qatardan «uchar saroy» oladi

10:14 / 02.05.2025
Namanganda O‘zbekiston-Qatar kasbiy mahorat markazi ochiladi

01:40 / 27.03.2025
«PSJ» egalari yana bir klubni sotib olmoqchi

20:43 / 11.03.2025