Yevropalik dilerlar Toyota firmasining ixçam SUV modeliga buyurtmalarni qabul qila boşladi. 

C-HR savdolari joriy yilning oktabr-noyabr oylarida boşlanişi kutilmoqda. Şunga qaramay, ayrim mamlakatlarda yangi model uçun narxlar allaqaçon e'lon qilingan. Xususan, Britaniyada krossoverning narxi 20 995 funt sterlingga baholangan. Niderlandiyada Toyota C-HR  24 495 yevrodan boşlanadi.

Yangi maşinaning Yevropada sotiladigan turkumlariga 116 ot kuçiga ega, 1,2 litr hajmli benzinda harakatlanadigan dvigatel örnatiladi. Xaridorlarga şuningdek, uning gibrid namunasi ham tavsiya etiladi. Uzatmalar qutisi sifatida 6 diapazonli «mexanika» yoki «avtomat» taklif etiladi.