Özbekiston birinçi prezidenti Islom Karimovning qabrini uning bevasi va kenja qizi ziyorat qilişdi. "Özbekiston" telekanalida bu jarayon tasvirlari berildi.

Tatyana Karimova va Lola Karimova-Tillayeva Şohi Zinda majmuasida Rossiya prezidenti Vladimir Putin hamda Özbekiston boş vaziri Şavkat Mirziyoyev bilan birgalikda marhumni xotirlaş marosimida iştirok etişgan.

Özbekistonning birinçi prezidenti Islom Karimov 2 sentabr kuni insultdan keyin vafot etdi. Marhum 3 sentabr kuni öz ona şahri Samarqandga, Şohi Zinda majmuasi hududidagi Hazrati Hizr qabristoniga dafn etildi.