Bugun, 27 yanvar kunidan Özbekistonning birinçi prezidenti Islom Karimov tavalludining 82 yilligiga bağişlangan tadbirlar haftaligi boşlandi. Haftalikni «Özbekiston mustaqillikka erişiş ostonasida: Prezidentlik instituti taşkil etilganining 30 yilligi» mavzusidagi davra suhbati oçib berdi.

Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma'rifiy yodgorlik majmuasida bölib ötgan davra suhbatida Islom Karimovning rafiqasi Tatyana Karimova ,birinçi davlat rahbarining safdoşlari hamda olimlar iştirok etişdi.
Tadbirda söz olgan Tatyana Karimova Özbekistonda prezidentlik institutining joriy etilişi bilan boğliq xotiralarini yodga oldi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
«Islom Karimov mamlakat hali Özbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi deya yuritiladigan 1990 yilda Prezident bölgan edi. U paytda siyosiy holat juda ham tarang, har qanday harakat kuçli qarşilikka sabab bölişi mumkin edi. Şunga qaramay, sobiq sovet davlatlari orasida birinçi bölib Özbekistonda prezidentlik instituti ta'sis etildi. Buning oqibatlarini markaz tuşungan holda turli bosimlar ötkaza boşladi.
Lekin Islom Abduğaniyeviç maqsaddan çekinmadi. SSSRdek katta imperiyada ikkita Prezident böldi: Gorbaçyov va Karimov. Lekin bu Islom Abduğaniyeviçning şaxsiy manfaatlari emasdi. U iqtisodiy inqiroz yoqasiga kelib qolgan, konfessiyalararo va etnik konfliktlar taranglaşgan mamlakat kelajagi uçun mas'uliyatni öz böyniga oldi. Davlat ahamiyatiga molik qarorlarni mustaqil qabul qiliş, huquqiy asosni yaratiş zarurati ölaroq prezidentlik instituti joriy etildi», – deya xotirladi Tatyana Akbarovna.


Pedagogika fanlari doktori, professor Muhammadjon Quronov Özbekistonda prezidentlik institutining ta'sis etilişiga Moskvaning reaksiyasini körsatuvçi faktlarni keltirib ötdi.
«90-yillarda biz Prezident desa, AQŞdagi Reyganni bilardik. Keyin Gorbaçyov Prezident böldi. SSSRdagi ikkinçi Prezident esa Islom Karimov böldi. Mamlakatda ikkita prezidentlik holati yuzasidan Moskvada yiğiliş bölgan. Bu yiğilişga Islom Abduğaniyeviçni ham çaqirişgan. Katta minbarda turib Mixail Gorbaçev: «Buni qarang-a. Bitta mamlakatda ikkita prezident! Men hali özim buning tagiga yetaman», deb dağdağa qilgan.














