26 iyun kuni Fuqarolik işlari böyiça Yakkasaroy tumanlararo sudida Özbekistonning birinçi prezidenti, marhum Islom Karimovning turmuş örtoği Tatyana Karimovaga nisbatan fuqarolik işi körib çiqiladi — da’vogar Islom Karimovning birinçi nikohidan bölgan farzandi Pyotr Karimov.

Toşkent şahar sudi tomonidan e’lon qilingan ma’lumotda da’vo predmeti vorislik huquqidan kelib çiqqan nizo ekanini köriş mumkin.

 

Birinçi instansiya sudida işni sudya Aziz Rahmonov körib çiqadi.

Bu Pyotr Karimovning otasi vafotidan keyingi ilk da’vosi emas. «Özbekiston havo yöllari» milliy aviakompaniyasida bir neça yil işlagan Pyotr Karimov 2018 yilda Moskvadagi sud orqali iş beruvçidan öziga belgilangan pul mablağlarini undirib berişni söragan edi. Yil oxiriga kelib masala böyiça da’vogar va javobgar örtasida muddatdan avval kelişuvga erişilgani tufayli iş tugatilgan.

Pyotr Karimov – Islom Karimovning ötgan asrning 60-yillarida uylangan birinçi rafiqasi Natalya Petrovna Kuçmadan tuğilgan katta farzandi hisoblanadi. Bu haqdagi rasmiy ma’lumotlar Islom Karimov vafotidan keyin oçiqlangan.