Bugun, 26 iyun kuni Fuqarolik işlari böyiça Yakkasaroy tumanlararo sudida Özbekistonning birinçi prezidenti, marhum Islom Karimovning turmuş örtoği Tatyana Karimovaga nisbatan körib çiqilişi kerak bölgan fuqarolik işi noma’lum muddatga qoldirildi.
Kun.uz muxbirining xabar berişiça, sud javobgar taraf (Tatyana Karimova) rasmiy vakilining arizasiga köra, noma’lum muddatga qoldirildi. Şuningdek, tomonlar sud majlisi yopiq tarzda körilişini söragan. FIB Yakkasaroy tumanlararo sudi rasmiylari bugungi sud jarayoniga ikkala taraf ham kelmaganini bildirdi.

Sud işida da’vogar Islom Karimovning birinçi nikohidan bölgan farzandi Pyotr Karimov bölib, u vorislik huquqidan kelib çiqqan nizo yuzasidan mamlakatning sobiq 1-raqamli xonimi Tatyana Karimovaga nisbatan sudda da’vo qözğagandi.
















