Armaniston boş vaziri Ovik Abraamyan iste'foga çiqiş qarori haqida ma'lum qildi.

U payşanba kuni hukumat yiğilişida şu haqidagi qarorini bildirgan.

"Men iste'foga çiqaman va prezidentga yangi hukumat şakllantiriş imkonini beraman", — deya uning sözlarini keltirgan Sputnik Armeniya.

U öz qarorini davlatni boşqarişda yangi qaraşlarga ehtiyoj yuzaga kelgani bilan izohlagan.

Abraamyan 2014 yilning aprelida lavozimiga tayinlangandi.

Bundan oldinroq mahalliy naşrlarda prezident Serj Sargsyan milliy kelişuv hukumati şakllantirmoqçiligi, yangi hukumatga mamlakat poytaxti Yerevan şahrining sobiq meri, hozirda "Gazprom"ning muassisligidagi "Mejregiongaz" kompaniyasida strategiya va rivojlaniş masalalari böyiça boş direktor örinbosari hisoblanadigan Karen Karapetyan rahbar bölişi haqida xabarlar tarqalgandi.

Agar bu tayinlov amalga oşsa, Karapetyan Armanistonning hisob böyiça ön törtinçi boş vaziri böladi.