Suriyada maktablarni a'lo baholarda tugatgan öquvçilarning Rossiyadagi oliygohlarga byudjyet asosida qabul qilinişi davom etadi. Bu haqda Suriya prezidentining rafiqasi Asma Asad yuqori sinflarning bitiruv keçasida ma'lum qilgan.

A'loçilar orasida Suriya prezidentining öğli Hafiz Başar al-Asad ham bor. U Malayziyadagi olimpiadada matematika fanidan bronza medal olgan.

Jurnalistlarning savollariga javob berar ekan, Asad xonim 2005 yilda Suriya delegatsiyasining Moskvaga taşrifi vaqtida Rossiyadagi iste'dodlarni qöllab-quvvatlaş dasturi bilan tanişgani haqida aytib ötgan.

"Biz şunday işlar bilan şuğullanadigan markazda bölgandik. Rossiyalik hamkorlarimizga bu dastur uçun minnatdorçilik bildiramiz", degan u.

Asma Asad suriyalik bitiruvçilar Rossiyaga yöl oliş orqali Suriyada fan va bilimga e'tibor qay darajada ekanini butun dunyoga körsatib berişlari haqida qayd etib ötgan.