Economist Intelligence Unit (EIU) kompaniyasi har yili sayyoramizning yaşaş uçun eng qimmat va eng arzon şaharlari haqida hisobot tuzadi. Birinçi hisobot "Butun dunyo böylab yaşaş narxi", deb ataladi. Bu yerda yegulik, yoqilği, şuningdek maoş hisobga olinadi. Dollar qiymatining kuçayişi va boşqa mamlakatlar valyutasining devalvatsiyasi tufayli joriy yil reytingida sezilarli özgarişlarni köriş mumkin.
Sörovnoma muharrirlaridan biri Jon Koupsteyk şunday deydi: "Men deyarli 17 yildan buyon şu reyting ustida işlayman va 2015 yildagidek keskin özgarişlarni eslolmayman. Bir mamlakatda xom-aşyo narxining pasayib ketişi deflyatsiyaga sabab böldi, boşqalarida esa, aksinça, valyutaning zaiflaşuvi va inflyatsiyaning oşişişga olib keldi".
9. Seul, Janubiy Koreya. Şahar qimmat kiyim-keçak va kommunal xizmatlar tufayli reytingda kötarildi. EIU'ning ma'lum qilişiça, "Seulda yaşaş narxi bugungi kunda Kopengagen va Los-Anjyeles bilan bir maromda ketmoqda".

8. Kopengagen, Daniya. Şahar maoş hajmi sababli reytingdagi örnini saqlab turibdi - bu yerda hayot keçiriş qimmatga tuşadi.

7. Nyu-York, AQŞ. Kuçli dollar va zaif inflyatsiya Nyu-Yorkning boşqa mamlakatlardagi raqiblaridan qimmatlaşuviga olib keldi. Masalan, bir kilogramm nonning örtaça bahosi - 8,28 dollar. Bu reytingning birinçi poğonasidagi mamlakatga qaraganda ikki barobar qimmat.

6. London, Buyuk Britaniya. Londondagi iş haqining ösişi inflyatsiya va turar joy narxining ösişidan ortda qolmayapti. Köçmas mulkning örtaça bahosi 500 ming funtga yaqin, örtaça maoş esa - taxminan 30 ming funt sterling.

5. Parij, Fransiya. Yevroning zaiflaşuvi şunga olib keldiki, Parij - önlikdan joy olgan yevrozonadagi yagona şahar bölib qoldi. Zaif valyutaga qaramay, Parij yaşaş uçun juda qimmat şaharligiça qolayotganligi ta'kidlangan - bu yerda faqat spirtli içimliklar va tamaki mahsulotlarigina nisbatan hamyonbop narxda.

















