Germaniyaning Mercedes-Benz kompaniyasi yuqori texnologiyali Vision Van kontsept-karini işlab çiqdi. Prototip yuk taşuvçi furgon avtomobillar kelajakda qanday körinişga ega bölişi xususida tasavvur uyğotadi. 

Yangi namunani ham 2015 yil oktabrida Tokio avtosalonida namoyiş etilgan Vision Tokyo kontsepti uslubida işlab çiqişgan. Furgonning old tomoniga keng, egilib ketgan oyna örnatiladi, bu haydovçiga şahar tirbandligida yöl harakatini yaxşirok kuzatiş imkonini beradi. 

Prototipning yukxonasi «aqlli» tizim bilan jihozlangan bölib, buyurtmaçining yuki yukxonaning qayerida joylaşganini aniq ayta oladi. Kompaniyadagilarning uqdirişlariça, haydovçi şu bilan har bir buyurtmani olib borişda örtaça 4 daqiqadan vaqtni tejaşi mumkin böladi. 

Bundan taşqari, furgon tomiga maxsus dronlar örnatilgan. Kvadrokopterlar yordamida unça katta bölmagan yöllanmalarni ziç mavzelarda havo orqali yetkazib beriş imkoniyati bor. 

Mercedes-Benz Vision Van ekologik jihatdan toza transport vositasi hisoblanadi. Unga 101 ot kuçiga ega elektr motor örnatilgan. Batareyalari quvvati, töplamiga qarab  80 kmdan 270 km masofani ortda qoldirişga kifoya qiladi.