AQŞ prezidenti lavozimiga nomzod Donald Tramp 2003 yilda Iroqdagi uruşga qarşi çiqqanini aytdi. Uning ta'kidlaşiça, bu uruş Yaqin Şarqda falokatga olib kelgan.

"Men Iroqdagi uruşga mutlaq qarşi bölganman, çunki u Yaqin Şarqni butkul barqarorsizlantirdi. Bu mutlaq falokatli uruş bölgan. Ehtimol, şunçalik falokatli bölganki, Barak Obama u yerdan qoçib qolganidek", deb aytdi Tramp NBC News telekanalida çiqişi vaqtida. 

Tramp prezidentlik saylovlari böyiça asosiy raqibi Xillari Klintonning u Iroqdagi uruşni qöllab çiqqani haqidagi gaplarini inkor qildi.