AQŞ prezidentligiga respublikaçilar partiyasidan nomzod bölgan Donald Tramp saylovda ğalaba qozongudek bölsa, Rossiya bilan "juda yaxşi" aloqalar örnatişini ma'lum qildi.
"Menimça biz Putin va Rossiya bilan juda va juda yaxşi munosabatda bölamiz... Öylaymanki, men ular bilan kelişaman", degan Tramp NBC News telekanali efirida.
U Putinning Rossiyadagi nufuzi Obamaning AQŞdagi nufuzidan yuqoriroq ekani haqida fikr bildirgan.
Telekanal muxbiri suhbat vaqtida Trampga uning "Putindan maqtov eşitiş yoqimli ekanini tan olgani" haqida aytgan gapini eslatgan. Jurnalist Rossiya rahbari haqida salbiy fikr uyğotişga harakat qilgan, uni Qrimni anneksiya qilişda, Suriya va Eronni qöllab-quvvatlaşda, "AQŞning mintaqalardagi ta'sirlariga zarar yetkazişda" ayblagan. Şuningdek, rossiyalik xakerlar Demokratik partiya vakillariga kiberhujumlar uyuştirib, AQŞdagi saylovlarga ta'sir körsatişga urinişini eslatib ötgan.
Tramp oxirgi ayblovga şunday munosabat bildirgan: "Bu aslida şunday bölgan-bölmaganini heç kim bilmaydi".
"Siz men Obama nima işlar qilgani haqida eslatişimni istayapsizmi?", deya ayblovlarga javob bergan respublikaçi nomzod.
"Agar Putin meni maqtagan bölsa, men buni qabul qilaman. Lekin u bundan biron naf köradi deb öylamayman... Bu ahamiyatga ega emas", degan va AQŞ prezidenti bölganida birinçi navbatda mamlakat manfaatlarini himoya qilişiga şama qilgan.













