Fransiyada dengiz sathidan 3 ming metrdan ortiq balandlikdagi dor yölida köplab odamlar ertalabgaça qolib ketdi. Bu haqida TJ xabar berdi.
8 sentabr mahalliy vaqt bilan soat 17:30da texnik sabablarga köra, Monblan toğ hududidagi Panoramic Mont Blanc dor yöli harakati töxtab qoldi.
65 kişi vertolyotlar yordamida evakuatsiya qilindi, biroq ob-havo şaroiti tufayli qutqaruv operatsiyasini töxtatib turişga töğri keldi. Qutqaruvçilar dor yölidagi kabinkalarda qolib ketgan odamlarga adyol va yeguliklar yetkazib berişdi.












