Sentyabr oyining oxirida Xitoyning janubi-ğarbidagi Guyçjou provinsiyasida dunyodagi eng katta radioteleskopni ekspluatatsiya qiliş rejalaştirilmoqda. Bu haqida TJ xabar qildi. 

Teleskop tizimining diametri - 500 metr, umumiy maydoni esa taxminan 250 ming kvadrat metrga teng – bu 30 futbol maydoni hududiga töğri keladi. U hajmiga köra, Puerto-Rikodagi diametri 300 metr bölgan dunyoning eng yirik teleskopidan ham ötadi.

25 sentabrda 10 kilometr radiusda radiosukutni talab qiluvçi  qonuniy çeklovlar kuçga kiradi, şu bilan birga teleskop atrofida qurilişlar, ov va yoğoç yiğişga nisbatan yirik miqdordagi jarima belgilanadi. 

Quriliş 2011 yilning mart oyida boşlangan va 1,2 milliard yuanga baholangan. 

2016 yilning boşida provinsiya hukumati 9 ming nafar mahalliy aholini kompensatsiya tölaş şarti bilan boşqa joyga köçirişi haqida ma'lum qilingan edi. Har bir kişiga 12 ming yuan (taxminan 1,838 ming dollar) tölanişi rejalaştirilgan.