Buyuk ustoz Odil Yoqubovning Islom Karimov haqida aytgan sözlari heç qaçon yodimdan çiqmaydi. U paytlar Odil Yoqubov nafaqaga çiqqan, xukumat e'tiboridan biroz çetda, keksa va xasta holatda edi. U kişining oldiga borganlar ğamgusorlik bilan "Naga falonçi falonçilar qahramon böldi-yu, siz bölmadingiz, holbuki eng loyiği siz-ku, bunga çidab böladimi?", — deyişar, Odil Yoqubovni Islom Karimovga qarşi gij-gijlaşardi. Odil aka bosiqlik bilan javob qaytarişga urinar, ammo e'tirozlari havoga uçardi.

Öşa kunlarning birida Odil aka şunday degan edi: “Hozir mukofotga qiziqiş yoşidan ötganman. Qasam içib aytaman, meni heç qanaqa mukofot qiziqtirmaydi. Hozir Azroil kelib, yana bir oy yaşaysiz, yana bir oy yaşaşingizni Xudo kafolatladi, desa şu menga oliy mukofot. Agar yana bir yil yaşaysiz, mazza qilib toza havodan nafas olasiz, nevara-çevaralaringiz bağrida öynab kuling, yeng, içing, ijod qiling desa, bu in'om menga Nobel mukofotidan ortiq. Men hozir yaşaşdan boşqa mukofotni öylayotganim yöq. Islom Karimov esa men uçun mardlik va jasorat timsoli.

Men uni Moskvada, S'yezdlar saroyida SSSR Vazirlar mahkamasining Raisi Nikolay Rijkov bilan qanday tortişganini öz közim bilan körganman. U paytlar Özbekiston SSSR tarkibidagi mustamlaka respublika edi. Ularga tik qaraşga heç kimning haddi siğmasdi. Ammo Islom aka Rijkovga:
— Men Özbekiston Respublikasini Mustaqil Davlat deb e'lon qilaman, hamma yer osti, yer usti boyliklarini Özbekiston xalqining mulki deb e'lon qilaman, - dedi.
— Özbekistondagi harbiy bazalar, oltin konlaridagi qimmatbaho texnikalar Moskvaning mulki-ku, sen ularga qanday qilib egalik qilasan, - dedi Rijkov.
— Özbek xalqi ularning pulini yetmiş yil mobaynida tölab qöygan, - dedi Islom aka tap-tortmay.
— Men harbiy mutaxassislarimni, oltin konlarida işlayotgan noyob kadrlarimni çaqirib olaman, keyin nima qilasan? - dedi Rijkov.
— Men, öz Vatanimni kökragimni qalqon qilib himoya qilaman, Vatanimda Özbekistonni himoya qiladigan millionlab fidoyi bor. Özbekistondagi oltinlarni mana şu tirnoqlarim bilan qazib olib, xalqimni kelajagi uçun işlataman, - dedi Islom Karimov va ikki qölini panjalarini oçib, Rijkovga körsatdi. Rijkov Islom akaning keng oçilgan qöllarini, yuzidagi vajohatni, sözlaridagi şiddatni, közlaridagi ğazabni körib tisarildi, bir söz aytolmay, hayiqqança ortga burildi.

Bu voqea Kremlda bölgan edi. U paytlar men ham, Islom aka ham SSSR xalq deputatlari edik. Bu voqeani heç qaçon unutmayman. Şu voqeadan keyin Islom Karimov men uçun mardlik va jasorat timsoli bölib qoldi. Nursulton Nazarboyev öşa paytlardayoq Islom aka haqida: “Islom Abduğaniyeviç Prezident bölib saylanişi kerak, lozim bölsa Özbekistonga borib taşviqotlarda qatnaşaman, u döstim, u tabiatning nodir iste'dodi, yuz yillikning buyuk insoni! - degandi.