Rio-de-Janeyro paralimpiya öyinlarida Özbekiston terma jamoasi sportçilari birinçi kungi bahslarni öta muvaffaqiyatli boşlaşdi. Dyuzdoçilardan keyin bahslarda iştirok etgan suzuvçilar ham delegatsiya hisobini medallar bilan boyitişdi.
Batterflyay uslubidagi (S13) 100 metrga suziş böyiça erkaklar örtasidagi musobaqada 2 nafar özbekistonlik sportçi şohsupaga kötariladigan böldi. Kirill Pankov va Muzaffar Tursunxöjayev saralaş bahslaridan muvaffaqiyatli ötib, final yöllanmasini qölga kiritişgandi. Finalda Pankov marraga ikkinçi bölib yetib keldi, Tursunxöjayev uçinçi örinni egallab bronza medali bilan kifoyalandi.
Ayollar örtasidagi batterflyay uslubida (S13) 100 metrga suziş musobaqasi ham Özbekiston vakillari uçun omadli keçdi. Özbekistonlik 3 nafar sportçi saralaşdan muvaffaqiyatli ötib, finalda iştirok etiş uçun yöllanma olgandi. Dastlabki 50 metr masofada Muslima Odilova 1-örinda borayotgandi, biroq marraga amerikalik suzuvçi birinçi bölib yetib keldi. Odilova kumuş medalga sazovor bölgan bölsa, Fotimaxon Omilova bronza medalini qölga kiritdi. Şohsanamxon Toşpölatova 4-örinni egalladi.












