Rasmiy Moskva KXDRning navbatdagi yadro sinovini qoralaydi hamda mamlakat hukumatidan «xavfli ğalamislik»larga barham beriş, raketa-yadro dasturidan voz keçişni talab qiladi. Rossiya TIV 9 sentabr kuni e'lon qilgan bayonotida şu haqda söz yuritilgan.
Vazirlikda qayd etişlariça, «KXDRning yadro qurolini tarqatmaslik böyiça global tartibni buzişga qaratilgan harakatlari Koreya yarimoroli va Osiyo Tinç okeani mintaqasidagi tinçlik va xavfsizlikka jiddiy tahdid soladi». Rossiya taşqi siyosat mahkamasining ta'kidlaşiça, yangi yadro sinovlari Pxenyan uçun jiddiy salbiy oqibatlarga olib keladi.
Rossiya, şuningdek, Şimoliy Koreyaning BMT XK talablarini sözsiz bajarişga hamda Yadro qurolini tarqatmaslik şartnomasida iştirokini qayta tiklaşga çaqiradi, deyiladi hujjatda.
Şu bilan birga, Rossiya TIV mintaqa davlatlarini Koreya yarimorolida keskinlikni yanada kuçaytiruvçi hatti-harakatlardan özlarini tiyib turişga undagan.
Pxenyan ma'muriyati 9 sentabr kuni KXDR taşkil topganining 68 yilligi munosabati bilan navbatdagi yadro sinovini ötkazdi. Şu munosabat bilan, BMT XK özining favqulodda yiğilişini ötkazadi.












