Rossiya Federatsiyasida avgust oyida 113 749 dona yengil va yengil tijorat avtomobillari sotilgan. Bu 2015 yilning şu davriga nisbatan 18 foizga kam demakdir, deya xabar qilgan Yevropa biznesi avtomobil işlab çiqaruvçilari  Assotsiatsiyasi. 

Umuman, 2016 yil yanvar-avgust oylarida 895 357 dona yangi maşina sotilgan bölib, bu borada ham ötgan yilning sakkiz oyiga nisbatan 14,9 foizga pasayiş kuzatilgan.

Jadvalda, Özbekistonning Uz-Daewoo qöşma korxonasi mahsulotlari rasman 2016 yil iyulidan boşlab Rossiya hududida savdolarini töxtatgan, uning örniga Ravon brendi ostida avtomobillar yetkazib berila boşlandi. 

Hisobotga köra, avgust oyida mazkur brend ostida işlab çiqarilgan maşinalardan atigi 237ta sotilgan. Özbekistonda işlab çiqarilgan avtomobil modellarining heç biri Rossiya avto bozorida eng köp sotilgan 25ta maşina röyxatiga kira olmagan.