Ukraina Polşadan tabiiy gaz import qilişni töxtatdi. «Ukrtransgaz» gaz transport tizimi matbuot kotibi Maksim Belyavskiyning Facebook sahifasida ma'lum qilişiça, bunga gaz quvurida yuz bergan avariya holati sabab bölgan. 

Kompaniya vakilining sözlariga köra, Lvov viloyatidan ötgan 800 mmli magistral gaz  quvurining germetikligi buzilgan. Ayni vaqtda ta'mirlaş işlari olib borilayapti. 

Avgust oyida Rossiya gazining Ukraina hududi orqali tranziti 14 foizga kamaydi.  «Gazprom» bugungi kunda Ukraina orqali Yevropaga 240 million kub metr örniga 207 million kub metr gazni yetkazib bermoqda.