FIFA axloq qömitasining tergov palatasi taşkilotning sobiq rahbari Yozef Blatter, boş kotib Jyerom Valke hamda uning örinbosari sifatida işlagan, moliyaviy masalalar bilan şuğullangan Markus Kattnerga nisbatan rasman iş oçib, suriştiruv işlarini boşladi.

Tergov palatasi bu şaxslarni etika qoidalarini buziş, sovğa oliş, poraxörlik va korrupsiyada ayblamoqda. 

TASS xabariga köra, Markus Kattner maxfiylik qoidalarini buzişda ham ayblanadi.

Jurnalist Rob Harrisning ma'lumot berişiça, bu mulozimlar 5 yil davomida 80 million dollar mablağni özlaştirişda gumon qilinmoqda.

Şveytsariya federal adliya byurosi 2015 yilning 25 sentabr kuni Blatterga qarşi jinoiy iş oçgandi. Bunga FIFA prezidentining 2011 yilda UYeFAning öşa vaqtdagi prezidenti Mişel Platini hisob raqamiga noqonuniy ravişda 2 million Şveytsariya franki ötkazgani sabab qilib körsatilgan.

Eslatib ötamiz, 2015 yilning mayida FIFA prezidenti bölib turgan Yozef Blatter poraxörlik bilan boğliq mojarolar boşlangaç, iste'foga çiqişini ma'lum qildi.

Şveytsariya federal adliya byurosi 2015 yilning 25 sentabr kuni Blatterga qarşi jinoiy iş oçgandi. Bunga FIFA prezidentining 2011 yilda UYeFAning öşa vaqtdagi prezidenti Mişel Platini hisob raqamiga noqonuniy ravişda 2 million Şveytsariya franki ötkazgani sabab qilib körsatilgan.

Oktyabr oyi boşida esa FIFA etika qömitasi Blatter hamda Platinini futbol bilan boğliq işlardan 90 kunga çetlatdi. Iş örganib çiqilgaç, FIFA arbitraj palatasi 21 dekabr kuni har ikki mulozimga nisbatan qöllanilgan jazo muddatini 8 yilgaça uzaytirdi.

FIFA bayonotida jazoga sabab sifatida Blatter UYeFA prezidenti Mişel Platini hisob raqamiga nima sababdan 2 million frank ötkazganini yuridik tomondon tuşuntira olmagani, pul ötkaziş qonuniy ekanligini isbotlay olmagani körsatilgan.

Keyinroq Platiniga nisbatan diskvalifikatsiya muddati 4 yilgaça tuşirildi. Şuningdek, Blatterga nisbatan jazo muddati 2 yilga qisqardi.

Manba: Tribuna.uz