9 sentabr keçki payt Kipr ustida meteorit portladi. Bu haqda Cyprus Mail naşri xabar bermoqda. 

Naşr ma'lumotlariga köra, Troodos toğ tizimi hududidagi aholi punktlari aholisi baland paqillaş ovozi bilan keçgan osmondagi yorqin olovdan qörqib ketganlar. Odamlar yorqin yaşil obektni payqaşgan va mahalliy vaqt bilan taxminan soat 00:45 da qattiq şovqin eşitişgan.      

Politsiyada orolning xavotirlangan aholisidan qönğiroqlar kelib tuşgani tasdiqlandi, biroq huquq-tartibot muassasalari xodimlari yoruğlik va portlaşlar manbasini mustaqil aniqlay olişmagan. Ba'zi guvohlarning aytişiça, ular yer qimirlaganini sezişgan. 

Kipr astronomik jamiyati faxriy raisi Ioannis Fakasning aytişiça, koinot jismi bir neça kilogramm kelgan. Uning ba'zi bölaklari Kiprdan şimolga tomon dengizga tuşgan.

Meteoritlar deb, koinot jismining Yer sirtiga tuşgan bölagiga aytiladi. Astronomlarning fikriça, köp meteoritlar yirik asteroidlarning qoldiqlari hisoblanadi.