Bangladeş poytaxti Dakka şahrida 10 sentabr kuni qadoqlaş fabrikasida röy bergan yonğin oqibatida halok bölganlar soni 23 nafarga yetdi. CBS News xabariga köra yana önlab kişilar jarohatlangan holda şifoxonalarda qolmoqda.

Öt öçiruvçilarning ma'lumotlariga köra, 5 qavatli uşbu binoda kuçli portlaş sodir bölgan va keyin çiqqan yonğin juda tez tarqalgan.

Mahalliy telekanallar 50 nafarga yaqin kişi jarohatlangani haqida xabar tarqatgan. 

Bangladeşda yengil sanoat mahsulotlari işlab çiqariladigan minglab fabrikalar joylaşgan (Wal-Mart va H&M). Mamlakatda bunga öxşaş yirik yonğinlar avval ham röy bergan.

Dakka yaqinidagi töqimaçilik fabrikasida 2012 yilda röy bergan yonğin oqibatida 112 işçi halok bölgandi. 2013 yilda esa Dakka şahri atrofidagi hududda joylaşgan boşqa bir fabrikaning yotoqxonalari öt olişi oqibatida 1135 kişi halok bölgan.