«Real» Ispaniya chempionatining 3-turi doirasida «Osasuna»ni 5:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

O‘tgan mavsum o‘yinlari hisobga olingan holda madridliklar jamoasi musobaqada ketma-ket o‘n beshinchi uchrashuvda g‘alaba qozonib, 1960/61 yilgi mavsumda, jamoani Migel Munos boshqargan davrda o‘rnatilgan klub rekordini takrorladi.

So‘nggi bor «Real» La Liga doirirasida 27 fevral kuni, «Atletiko»ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy bergan holda ochko yo‘qotgandi.

Primera rekordi 2010/11 yilgi mavsumda ketma-ket 16ta g‘alabaga erishgan «Barselona»ga tegishli hisoblanadi.

Ispaniya chempionatining keyingi turida «Real» safarda «Espanol»ga qarshi o‘ynaydi va g‘alaba qozonib, bu rekordni takrorlashi mumkin bo‘ladi.

Manba: Tribuna.uz