Janubiy Koreya hukumati Şimoliy Koreya poytaxti Pxenyanni bir zarba bilan yöq qiliş rejasiga ega. Bu reja şimolliklar yadroviy hujumga tayyorgarlik körişni boşlagani haqida signal kelişi bilanoq işga tuşadi. Bu haqda Yonhap agentligi xabar tarqatgan.

Seul hukumatidagi harbiy manbalarga asoslanib xabar qilinişiça, parlament a'zolari jurnalistlarga "Koreyaning javob çoralari va bir muştga tugilgan jazosi" nomli reja tafsilotlari ma'lum qilingan.

"Pxenyanning har bir nuqtasi, jumladan Şimoliy Koreya hukumatidagilar yaşirinişi mumkin bölgan nuqtalar, ballistik raketalar va keng kölamli vayronagarçiliklar keltiriş qudratiga ega bölgan fugas snaryadlari portlatilişi evaziga vayron qilinadi. Agar, şimol yadro qurolidan foydalanişning eng kiçik belgilarini bölsada namoyiş etsa, bu mamlakat poytaxti kultepaga aylanib, xaritadan yöq bölib ketadi", deya manba sözlarini keltirgan agentlik.

Ötgan haftaning juma kuni Şimoliy Koreya hukumati öz tarixidagi eng kuçli, yer osti yadro sinovini ötkazgani haqida ma'lum qilgandi.

Bi-bi-si xabariga köra, Şimoliy Koreyada bölgani kabi, Janubiy Koreyada ham ulkan artilleriya divizionlari mavjud. Bu orqali janubliklar quruqlikdagi harakatlar orqali ham şimolliklarning şaharlarini muvaffaqiyatli ravişda öqqa tutişi mumkin.

Xabarda janubliklar ham endilikda şimolliklardan kam bölmagan darajada tahdid qilişga ötgani ta'kidlangan.